Oltin rekord darajada qimmatladi

1-dekabr kuni oltinning global narxi 1 troya unsiyasi uchun 2 075 dollargacha (grammda 67 dollar) oshdi. Shu tariqa uzoq kutilgan oltin narxi bo‘yicha 2020-yilgi pandemiyadagi tarixiy rekord yangilandi.

Tahlilchilar yil oxirigacha narxlar o‘sishda davom etishini kutmoqda. Chunki global inflyatsiya pasaymoqda va bu markaziy banklarning foiz stavkalarini pasaytirishiga turtki bo‘ladi.

Bundan tashqari Rossiya va Ukraina, Isroil va Hamas o‘rtasidagi urushlar oqibati ham mavhumligicha qolmoqda. Bu esa investorlarni oltin xarid qilishga undayapti.

Fitch Solutions kelgusi oylarda narxlar troya unsiyasi uchun 2000 dollar atrofida bo‘lishini prognoz qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты