Huawei 1
Otabek Bakirov: Onlayn ish qidirayotganlar va onlayn vakansiyalar soni qisqarmoqda

Onlayn ish qidirayotganlar va onlayn vakansiyalar soni qisqarmoqda. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda.

"O‘zbekistonning eng noshaffof, axborotlashmagan va defitsit maʼlumotlar ham ochiq bo‘lmagan bozori bu mehnat bozori, desam adashmayman. Shuning uchun ish beruvchilar ish izlovchilarni, ish izlovchilar ish beruvchilarni topa olishda doim qiyinchiliklarlarga duch kelishadi.

Oxirgi paytda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha kuzatishlarini uzata boshlayotgani shu katta bo‘shliqni to‘ldirish yo‘lidagi qadamlardan biri bo‘lishi mumkin. Kechagi yig‘ilishdagi taqdim qilingan qiziq maʼlumotlardan biri ish izlayotganlar sonida yil boshidan pasayuvchi dinamika davom etayotgani, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha eʼlonlarning kamayishi kuzatilayotgani bilan bog‘liq.

To‘g‘ri, bu ish qidirayotganlar va ish taklif etayotganlar to‘g‘risida xulosa qilishga yetarli va reperezentativ maʼlumot bo‘lmasligi mumkin. Chunki O‘zbekistonda mehnat bozorida talab va taklifning uchrashishida boshqa kanal va kommunikatsiyalarning o‘rni juda yuqori. Lekin boshlanishiga yomonmas. Kuzatuv va tahlillarni davom ettirish, chuqurlashtirish va kengaytirish kerak", - deya yozgan iqtisodchi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты