Huawei 1
O'zbekistonda 10 oyda savdo sohasidagi korxonalar tomonidan 17 trln so‘mdan ortiq soliq to‘landi

2023-yil yanvar-oktabr oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 154 086 ta yuridik shaxs tomonidan 17,5 trln so‘mga yaqin soliq to‘langan. 

Shundan 1,5 trln so‘mi, ya’ni 9,1 %i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 26,8 trln so‘mni tashkil etgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 81,8 mlrd so‘mga yetgan.

Ushbu 20 ta soliq to'lovchi tomonidan ta'minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS – 641 mlrd so‘m;
  • foyda solig'i – 402,4 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i - 195,5 mlrd so‘m;
  • JShODS - 173,6 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 69,5 mlrd so‘m;
  • yer qa'ridan foydalanganlik uchun solig‘i - 32,2 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 20,4 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 51,8 mlrd so‘m.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты