Huawei 1
O'zbekiston 3 oyda qiymati 54,7 mln dollarga teng 1 668 ta elektromobil import qildi

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1668 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma'lumot berdi.

Keltirilishicha, elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning mart oyida xorijiy davlatlardan  882 dona elektromobil import qilgan.

Oʻzbekiston 3 oyda eng koʻp elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1444 ta

— Gonkong – 183 ta

— Germaniya – 27 ta

— Koreya – 6 ta

— BAA – 5 ta

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты