Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2022-yilning iyul oyida turistik sayohat xizmatlarining narxlari iyun oyiga nisbatan bir oyda o‘rtacha 6,6 % ga oshgan. Ushbu xizmat narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 7,8 % ga qimmatlashgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa o‘rtacha 10 % ga oshgani kuzatilgan.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida respublikaga 540,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Ulardan eng ko'pi Qozog'istondan kelgan.
Shuningdek, 2021-yilda O'zbekistonga 1,8 mln turist tashrif buyurgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42410 | Инструменты