Pokiston o‘zbekistonlik haydovchilarga 6 oylik maxsus viza joriy qilmoqchi

Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro yuk mashinalari haydovchilari uchun maxsus vizalar joriy qilmoqda. O‘zbekiston ham bu dasturga qo‘shilishi mumkin.

Yangi vizalar ikki mamlakatning yuk tashuvchilariga chegarani to‘siqsiz kesib o‘tish imkonini beradi. Pokiston Savdo vaziri Navid Qamar bu tovar aylanmasini oshirishini aytgan.

"Viza 6 oy davomida amal qiladi. Kelgusida ularni o‘zbekistonlik haydovchilarga ham berish rejalashtirilgan. Buning uchun uch davlat o‘rtasida viza shartnomasi tuziladi", — deydi vazir.

Rasmiy Markaziy Osiyoda eksport qiluvchilar uchun imkoniyatlar kengligini aytib, bu orqali ularning Yaqin Sharq, Yevropa Ittifoqi va AQSH bozorlariga qaramligi kamayishini ta’kidlagan. Pokiston hukumati mamlakatni mintaqaviy savdo va transport markaziga aylantirish niyatidaligini bildirmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты