Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahridagi Food City va “Chorsu” bozorlaridagi 25 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 5-fevraldagi ulgurji narxlarini eʼlon qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, “Chorsu”da mol va qo‘y go‘shtlarining ulgurji narxlari o‘tgan yildan beri o‘zgarmagan. Jumladan, mol go‘shtining kilosi 60 000-70 000 so‘m, qo‘y go‘shti 65 000-70 000 so‘mdan sotilmoqda.
Food City’da kartoshkaning bir kilosi maksimum 4 800 so‘m (o‘tgan hafta 4 500 so‘m bo‘lgan), piyoz 1 500-2 500, sabzi 1 500-5 000 so‘mdan sotilmoqda.
Mazkur bozorda Lazer guruchini 22 000-24 000 so‘m oralig‘ida, no‘xat 6 500-35 000 so‘mdan, qizil loviya 16 000 so‘m, moshni 11 800-12 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Pomidorning eng yuqori narxi o‘tgan haftadagidan 6 000 so‘mga qimmatlashib, kilosi 31 so‘mni tashkil etdi. Bodring narxi esa 1 hafta davomida 5 000 so‘mga arzonlashib, maksimum 30 000 so‘mdan sotilmoqda.
Mevalardan banan narxi o‘tgan dushanbadagi 25 000 so‘mdan (maksimum) 20 000 so‘mga tushgan. Anorning yuqori narxi esa 45 000 so‘mdan 40 000 so‘mga tushgan. Bir hafta davomida uzum kilosi ham 75 000 so‘mdan 70 000 so‘mga pasaygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты