Huawei 1
Qo'qon shahrida O'zbekiston–Kuvayt biznes-forumi o'tkazildi

Farg'ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda joriy yil 18-19-oktabr kunlari Qo'qon shahrida O'zbekiston-Kuvayt biznes forumi tashkil etildi

Tadbirda Kuvayt Tashqi ishlar vazirligining iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchisi Ahmad al-Ilaj boshchiligidagi biznes delegatsiya  qatnashdi.

Forumda Farg'ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va investitsiyalar bo'yicha o'rinbosari Nuriddin Mamajanov, Kuvayt Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Ahmad al-Ilaj nutq so'zladilar.

Tadbir davomida Farg'ona viloyatiga sarmoya kiritish hamda sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o'tkazildi. Shuningdek, O'zbekiston va Kuvayt ishbilarmon doira vakillari o'rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etildi.

Forum doirasida kuvaytlik biznesmenlarning "Qo'qon" erkin iqtisodiy hududi faoliyati bilan tanishdi. 

Bundan tashqari, Kuvayt vakillari "Farg'ona – vodiy gavhari. Investitsiyalar va turizm istiqbollari" mavzusidagi birinchi xalqaro forumda ham ishtirok etishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102303 | Инструменты