Huawei 1
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Biznes-ombudsman tomonidan 1 836 ta taʼsir chorasi qo‘llanildi

O‘tgan vaqt davomida tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida Biznes-ombudsman tomonidan 1 836 ta taʼsir chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Biznes-ombdusman devoni axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova maʼlum qildi.

O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tushgan 7 127 ta murojaatlar xususiyatlari bo‘yicha tahlil etilganda:

- 12 foizi soliqqa oid;

- 11 foizi yer, kadastr va arxitekturaga oid;

- 10 foizi bank, kreditga oid;

- 10 foizi tekshiruvlarga oid;

- 8 foizi sud qarori ijrosiga oid va boshqa masalalarga oidligi aniqlandi.

Murojaatlar asosida tadbirkorlarga 10,9 mlrd so‘m miqdorida asossiz to‘langan soliq mablag‘i qaytarilishida, 4,99 mlrd so‘mdan ortiq kredit ajratilishida va 3,81 mlrd so‘m pul mablag‘ini undirishda yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 8 ta taqdimnoma kiritildi, 122 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

O‘tgan davr mobaynida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunchilik ijrosi bo‘yicha 5 ta nazorat organida o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganishda aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha aniqlanib, 4 ta taqdimnoma kiritilgan, masʼul shaxslarning 315 nafariga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 20 nafariga intizomiy jazo qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты