Huawei 1
Hilola Umarova maktablarda hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag' tejalishini aytdi

Maktabgacha va maktab ta'lim vaziri Hilola Umarova maktablarda hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag' tejalishini aytdi

"Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish koʻplab muammolarga yechim boʻlishi, katta mablagʻlarni tejashi mumkin. Keling, hisob-kitob qilamiz.

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab maktablardagi oʻquv-pedagogik hujjatlar toʻliq elektron shaklga oʻtkaziladi.

Natijada:

oʻqituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir oʻqituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;

Maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qogʻozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik taʼminlanadi;

har yili 223 tonna qogʻoz va hududlarga yetkazish boʻyicha logistika xarajatlari tejaladi;

Davlat xaridlarini boʻyicha har yili 10,1 mlrd soʻm mablagʻ iqtisod qilinadi", - deya yozgan vazir

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102220 | Инструменты