Huawei 1
QQSni qaytarish uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazishda huquqbuzarlik holatlari aniqlandi

Davlat tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, 2023-yil 1-maydan joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarga ayrim tovarlarni sotib olganda to‘langan QQSni (12%) ijtimoiy keshbek sifatida qaytarish tizimi hisoblanadi. 

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar kiritiladi.

O‘tgan 4 kun davomida mazkur tizim foydalanuvchilari soni 4 534 nafarga yetdi.

Biroq, bunday keshbekka ega bo‘lish huquqini suiiste'mol qilish holatlari uchramoqda. Xususan, fuqaro T.Sh. QQSni qaytarish maqsadida xarid summasi 650 mln so‘mlik, fuqaro M.A. 481 mln so‘mlik chekni “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan. 

"Bu esa kam ta’minlangan aholiga ijtimoiy keshbek berish mohiyatiga ziddir.

Shu munosabat bilan fuqarolardan “Soliq” ilovasidagi akkauntiga uchinchi shaxslarga kirish huquqini bermasliklarini hamda shubhali cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz", - deyiladi Soliq qo'mitasi xabarida.

Qo'shimcha qilinishicha, bunday harakatlar ma'lumotlarni qo'shimcha organib, tekshiruvlar o‘tkazish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa haqiqatda ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga keshbek to'lash muddatini kechikishiga olib keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты