Huawei 1
Rossiya 1-martdan benzin eksportini taqiqlaydi. Cheklovlar O‘zbekiston va YeOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakatda 1-martdan benzin eksporti taqiqlanishini ma’qulladi. Bu haqda “RBK” o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, cheklovlar olti oy davomida amal qiladi, ammo ular Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari (Qozog‘iston, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston), Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, shuningdek, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga mahsulot yetkazib berishning kelishilgan hajmlariga ta’sir qilmaydi.

Benzin eksportiga vaqtinchalik taqiqning joriy etilishi Rossiya ichki bozorida tez orada bahorgi dala ishlari, neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari va yozgi ta’tillar bilan bog‘liq, yonilg‘iga talab ortadigan mavsum boshlanishi bilan izohlangan.

Rossiyada yil boshidan buyon Ai-92 va Ai-95 benzinlari, shuningdek, yozgi dizel yonilg‘isining birjadagi narxlari 8−23 foizga oshdi, ulgurji segmentda esa benzin narxining o‘sish sur’ati pastroq bo‘ldi (1,6 foiz), dizel esa arzonladi (-6 foiz).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122222 | Инструменты