Huawei 1
Rossiya 2024-yilda O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

2024-yilda Rossiya O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishni sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Interfaks nashri Gazprom’ning yillik hisobotiga tayanib xabar berdi.

Gazprom o‘tgan yili mamlakatga 5,64 mlrd kub metr gaz eksport qildi. Bu 2023-yilga nisbatan 4,36 mlrd kub metrga yoki 4,4 barobarga ko‘pdir.

2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi yil eksportdan ko‘ra ko‘proq gaz import qildi. 2023-yilda O‘zbekiston mustaqillik tarixida ilk bor gaz eksportchisidan importchisiga aylandi.

O‘tgan yili Turkmaniston va Rossiyadan ko‘k yoqilg‘i importi 2,41 barobarga oshib, $1,67 mlrdni tashkil etdi. Energetika vazirligi ham, Milliy statistika qo‘mitasi ham mamlakatga gaz importining fizik hajmlari va mamlakat tarkibini ochiqlamayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60814 | Инструменты