Huawei 1
Rossiya tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligiga kiradi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Rossiya bilan 7 yil davomidagi savdo va investitsiyaviy hamkorligini tahlil qildi.

Rossiya tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligiga kiradi.

2017-2023 yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi.

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama (MDH doirasida) kelishuvlarga muvofiq "erkin savdo" rejimida amalga oshiriladi.

Rossiyadan kiritilayotgan investitsiyalar hajmida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Shunday qilib, 7 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investitsiyalarining umumiy hajmi 10,2 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3059 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90422 | Инструменты