Huawei 1
Saipro Group "yashil obligatsiyalar" debyut emissiyasini amalga oshirgan O'zbekistondagi ilk kompaniya bo'ldi

Saipro group xususiy kompaniyalar orasida yashil obligatsiyalarning debyut emissiyasini amalga oshirgan O‘zbekistonda birinchi bo‘ldi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirildi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasining investitsiya menejeri Alisher KUCHIEV: “O'zbekiston Respublikasi To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi strategik qadam sifatida  Saipro guruhini yashil, qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ushbu loyihaga sarmoya kiritish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlashga qaror qildik. Bu qaror nafaqat moliyaviy maqsadlarga qaratilgan, balki mamlakatimizning barqaror kelajagi yo‘lidagi sodiqlikdir. Bizning sarmoyamiz loyihaning samaradorligi va uning uzoq muddatli maqsadlarimizga mos kelishini bildiradi” deb ta’kidladi.

SAIPRO GROUP obligatsiyalarining chiqarilishi barcha xalqaro yashil moliyalashtirish mezonlariga javob beradi. Bu Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mintaqasida barqaror va yashil moliyaviy vositalarni serifikatlash bo‘yicha yetakchi tashkilot – AIFC Yashil moliya markazi tomonidan berilgan sertifikat bilan tasdiqlanadi.

Yashil moliyalashtirish bo‘yicha sertifikat olish uchun “SAIPRO GROUP” O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mutaxassislari bilan birgalikda kompaniyaning ichki hujjatlari, me’yorlari va tartib-qoidalarini yashil sohaga oid xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi.

“Moliyalashtirishdan tashqari, biz kompaniyaga Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasidan akkreditatsiyalangan tekshiruvchini topishga yordam berdik, u esa kompaniyaga yashil moliyalashtirish siyosatini tayyorlashga кўмаклашди, shuningdek, O‘zbekistondagi xususiy kompaniya yashil obligatsiyalarining debyut emissiyasi uchun sertifikat olishда qo’llab quvvatlaydi” deya ta’kidladi To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasining investitsiya direktori Viktor MAYESEYEV  

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi SAIPRO GROUP kompaniyasining chiqarilgan yashil obligatsiyalarining 10 foizdan ortig‘ini sotib olgan birinchi investor bo‘ldi va shu orqali mintaqada ekologik barqaror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

SAIPRO GROUP ushbu sertifikatlash orqali yashil moliyani past uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, atrof-muhitni muhofaza qilish va kapital hamda jamiyatning ijtimoiy, ekologik va boshqaruv mas’uliyati o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mablag‘ to‘plashning eng yaxshi usuli sifatida qaraydi.

SAIPRO GROUP o‘zining “MJX Stroy” MChJ sho‘ba korxonasi orqali Toshkent viloyati Bo‘stondiq tumanida joylashgan “Green Hills Resort” tog‘ kurortini qurish loyihasining 2-bosqichini amalga oshirishga kirishdi. Kompaniya dam olish maskani infratuzilmasini sezilarli darajada kengaytirish, qo‘shimcha ekologik toza yog‘och kottejlar qurish, kurort hududida yangi mehmonxona qurish niyatida.

Ushbu loyiha atrof-muhitga ta'sirini minimallashtirish uchun bir qator qo'shimcha ekologik va barqaror usullar hamda texnologiyalarni joriy etishni o'z ichiga oladi. Shu jumladan elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (RES) foydalanish, chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimini joriy etish, shuningdek, ichimlik suvi va oqova suvlar uchun tozalash inshootlari, texnologiyalari va uskunalari, barcha ekologik me’yorlarga javob beradigan sug‘orish tizimlarini o‘rnatish kabilardir.

Loyihani amalga oshirish bir qator imkoniyatlarni beradi. 

Xususan:

• mahalliy landshaft, o'rmonzor va bog'larni boyitish hamda rivojlantirishga ko'maklashish;
• landshaftlarning barqarorligini oshirish, yer degradatsiyasi va cho'llanishning oldini olish;
• tog'li hududlarda ekotruizmni barqaror rivojlantirish uchun infratuzilmani yaratish;
• qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari yaratish.

Loyihaga muvofiq, korxona tomonidan dam olish maskani yaqinida joylashgan lalmi yer maydonlarida lavanda va damashq atirgullari plantatsiyalari, bog‘ va o‘rmonlar barpo etish, oromgohlar va sayr qilish joylari, velosport uchun yo‘lak va piyoda yo‘laklari tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты