17-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Umrzakov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB)ning investitsiya yechimlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Sayid Afsor Hasan Uddin boshchiligidagi missiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
OIIB delegatsiyasi tarkibida, shuningdek, bosh mutaxassis Endryu Kreyg va investitsiya yechimlari bo‘yicha kichik mutaxassis Nagi Muhammad Elsayid, hamda "ILF Consulting Engineers" kompaniyasining maslahatchilari Oskar Gruber, Stanislav Chemeris, Tobias Xelxorst va Dinara Ibrayeva qatnashdi. O‘zbekiston tomonidan Energetika vazirligi va “UzAssets” vakillari, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi Samarqand viloyatidagi gaz taqsimlash tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartlari asosida modernizatsiya qilish va keyinchalik xususiy sektor boshqaruviga topshirish loyihasining muhokamasi bo‘ldi.
Jarayonda tomonlar loyihani baholashning dastlabki natijalari bilan tanishib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asosiy qadamlarni kelishib oldi. Mazkur loyiha respublikada gaz taqsimlash tarmoqlari samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, natijada energiya infratuzilmasini yaxshilash hamda gaz ta’minotining ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Uchrashuv yakunida loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lidagi keyingi harakatlar tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты