Huawei 1
So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 7 baravar oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 2019-yildagi 1,9 million dollardan 2023-yilda 13,8 million dollargacha, 7 baravar oshdi.

Shu davr mobaynida O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti 1,5 million dollardan 10,2 million dollargacha 6,8 baravar oshdi. Mo‘g‘ulistondan import hajmi esa 519,04 ming dollardan 3,61 million dollargacha, 6,9 baravar oshdi.

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistonga eksporti tarkibida oziq – ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar ustunlik qiladi – $3,26 mln (eksport hajmining 23%), mashina va transport uskunalari – $5,9 mln (43%) va turli tayyor mahsulotlar - $0,24 mln (1,7%), xizmatlar - $0,59 mln (4,2%).

O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondan import tarkibi oziq - ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar-3,5 million dollar (97%), hayvonlar va o‘simlik moylari - 40,4 ming dollar (2,1%), sanoat mahsulotlari – 35,01 ming dollar (0,97%) va kimyoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar –13,01 ming dollar (0,97%).

So‘nggi besh yil ichida (2019-2023 yillar) Mo‘g‘uliston yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha 4,1 foizga, (O‘zbekistonda 5 foizga) o‘sdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты