Huawei 1
Soliq mobil ilovasidagi keshbeklar tasdiqlanganini qanday bilish mumkin?

Xabaringiz bor, joriy yilning yanvar oyidan boshlab onlayn nazorat-texnikalari cheklarining QR-kodini Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazib xarid summasidan 1% keshbek olish amaliyotga joriy etilgan.

Keshbekdagi summa qachon to'lab beriladi?

Keshbek summalari skaner qilinganda "Chek muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. Keshbek summasi keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab beriladi" xabar paydo bo'ladi va shu oyda o'tkazilgan cheklar keyingi oyning 25-sanasidan keyin tasdiqlanadi.

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining yangilangan interfeysida ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Ya'ni "Mening cheklarim" bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda uni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;

chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;

tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni soliq hisoboti taqdim etganligi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi, soliq qarzi to'langanligi.

Keshbek to‘liq tasdiqlansa yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni ko‘k rang tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Eslatib o'tamiz, iyun oyida iste'molchilarga yil boshidan to‘langan keshbek 115,9 mlrd so‘mga yetgan.  

Shuningdek, O'zbekistonda keshbek uchun cheklari eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarie'lon qilingandi.

Izohlar: 12
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100609 | Инструменты