Huawei 1
Iste'molchilarga yil boshidan to‘langan keshbek 115,9 mlrd so‘mga yetdi

Iste'molchilarga 2022-yil boshidan to‘langan keshbek 115,9 mlrd so‘mga yetdi. Bu haqda Davlat soliq qo'mitasi xabar bermoqda.

Avvalroq, aprel oyida iste'molchilar tomonidan 61,4 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgani va shundan 38,6 mlrd so‘mi to‘lab berilgani haqida xabar berilgandi. 31-may kuni aprel oyi uchun iste'molchilarga yana 3,7 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi va mazkur oy uchun to‘langan keshbek 42,3 mlrd so‘mga yetdi.

Shuningdek, 31-may kuni:
- Yanvar oyi uchun194,4 mln so‘m;
- Fevral oyi uchun 234,1 mln so‘m;
- Mart oyi uchun 588,4  mln so‘m keshbek to‘langan.

Barcha oylarni qo'shib hisoblaganda, yil boshidan beri to‘langan jami summa 115,9 mlrd so‘mga yetmoqda.

Ma'lumot o'rnida, to'lanmay qolib ketga  keshbek summalari ham avtomatik tarzda to‘lab borilishi aytib o'tilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты