Huawei 1
Keshbek joriy etilganidan keyin berilgan cheklar soni 43 foizga oshdi — Davlat soliq qo‘mitasi

Onlayn nazorat-texnikalari cheklarining QR-kodini Soliq mobil ilovasida (Android, iOS), iOS ro‘yxatdan o‘tkazib xarid summasidan 1% keshbek olish amaliyotga joriy etilganidan buyon dastlabki 6 kun ichida taqdim etilgan cheklar soni o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 43 %ga oshdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 1-yanvardan MXIK aks ettirilmaydigan cheklarni taqdim etish taqiqlangan (PQ-5252) bo‘lsada, ayrim tadbirkorlik subyektlari tomonidan nazorat-kassa texnikalarini yangi talablarga moslashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagan.

Natijada 3 429,2 mln so‘mlik (shundan 34,2 mln so‘m keshbek ) cheklarga yoki jami ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklarning 12,6 foiziga keshbek summasini hisobga olish rad etilgan.

Ma'lum qilinishicha, endilikda chekda MXIK kodi to‘g‘ri ko‘rsatilgan barcha tovarlar (xizmatlar) uchun keshbek taqdim etiladi. Rad etish to‘liq xarid summasiga (butun chek uchun) emas, balki faqat maʼlumotlar bazasida mavjud bo‘lmagan MXIK kodi ko‘rsatilgan mahsulot (tovar va xizmat)larga nisbatan qo‘llaniladi.

Shuningdek, tadbikorlik subyeklaridan o‘z majburiyatlarini qonunchilikka muvofiq bajarilishini yo‘lga qo‘yishga e'tibor qaratishlari so‘ralgan

Onlayn nazorat-texnikalari cheklarida tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish — cheklarda ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1%i miqdorida jarima belgilangan.

Cheklarda MXIK kodlarining noto‘g‘ri aks ettirilishi bilan bog‘liq har bir holat soliq organlari tomonidan alohida o‘rganilib, qatʼiy nazoratga olinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты