Huawei 1
“Tashabbusli budjet”da ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish tartibini joriy etish taklif qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024—2026-yillar uchun Budjetnomasi e'lon qilindi.

Unda qaytd etilishicha, obodonlashtirish sohasidagi budjet siyosatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 100 foizi “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening yo‘lim” loyihasi orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni taʼmirlashga yo‘naltirish taklif etiladi. 

Bundan tashqari, 2024-yilda Vazirlar Mahkamasining “2021-2027 yillarda respublikadagi ko‘p kvartirali uylarning lift uskunalarini taʼmirlash va yangilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan dasturga asosan respublikadagi 2 102 ta ko‘p xonadonli uylardagi 523 ta lift uskunalarini almashtirish va taʼmirlash xarajatlari uchun 165,7 mlrd so‘m, Respublikadagi issiqlik taʼminoti korxonalariga aholiga pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiya xarajatlari uchun 2 197 mlrd so‘m pul mablag‘lari ajratilishi prognoz qilinmoqda.

Kelgusi yildan boshlab mazkur jarayonlarni yana-da kengaytirish hamda takomillashtirish bo‘yicha Davlat dasturlari, qaror va farmoyishlarda bir qator vazifalar belgilab berildi. 

Shulardan:

a) tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini kengaytirish sohasida: tuman (shahar) byudjetlarida ko‘zda tutilgan ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun ajratilgan mablag‘lar to‘liq “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida fuqarolarning tashabbuslari asosida yo‘naltirilishi hamda ushbu maqsadlarda 2024 yilda 800 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi; mahallalarning moliyaviy mustaqilligini oshirish va mahallalardagi yirik bo‘lmagan loyihalarni amalga oshirish hamda muammolarni mustaqil hal etishni tashkil etish maqsadida “Mahalla budjeti” tizimi joriy etilmoqda; 

b) Davlat budjetini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish sohasida: 2023 yilda “Ochiq budjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish xarajatlariga 2024 yil Davlat byudjeti loyihasida mablag‘lar ko‘zda tutish.

 v) Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarini yana-da takomillashtirish, joylarda kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali ovoz berishda fuqarolarni identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish taklif etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты