Huawei 1
TOP-3da Meta, Google va Apple: Yarim yilda Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 48,4 mlrd soʻm soliq toʻladi

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 60 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyun oylarida 44,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p.

Toʻlangan soliqlarning 95,1 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

Meta - 18,4 mlrd so'm;
Google - 12,9 mlrd so'm;
Apple - 9,8 mlrd so'm;
Вooking.соm - 1,1 mlrd so'm;
Amazon - 949,2 mln so'm;
Zoom - 696,6 mln so'm;
Netflix - 666 mln so'm
Acca - 652,1 mln so'm;
Xsolla - 449,3 mln so'm;
Adobe - 301,3 mln so'm.

Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122217 | Инструменты