“O‘zbekiston-2030” strategiyasiga muvofiq, yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish maqsadida, mazkur yo'nalishda 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Yurtimizda mahalliy va chet el IT kompaniyalari filiali faoliyatini boshlashi ushbu strategiyaning amaliy natijasiga erishishlikka zamin yaratadi.
Ayni shu maqsadda “Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri doirasida IT Park Toshkent viloyati filiali rahbari Hindistonning "TALROP" kompaniyasi direktori Jones Joseph bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar davomida Toshkent viloyatida kompaniya filialini ochishga kelishib olindi. "TALROP" kompaniyasida yoshlar professional IT kurslarida ta'lim olib, yuqori daromadli ish haqi evaziga jahon bozoriga IT xizmatlarni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shuningdek, “Offshore Outsourcing Tour 2024” tadbiri davomida IT Park Toshkent viloyati filiali hamda Koreya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Dubay va boshqa davlatlardan kelgan IT kompaniya delegatlari bilan ham muzokaralar o'tkazildi. Jumladan, Xitoyning "CJON" kompaniyasi direktori Zhuang Zhiyan bilan olib borilgan muloqotlarda Toshkent viloyatida ushbu kompaniya filialini ochishga kelishildi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur kompaniya O'zbekistonda yil yakuniga qadar 50 dan ortiq ish o'rinlarini yaratishi va jahon bozorida autsorsing xizmatlari ko'rsatish hajmini kengaytirishi rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты