Toshkentda Turkmaniston mahsulotlari ko‘rgazmasi ochiladi

Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi va Turkmaniston – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari doirasida 15-16-iyul kunlari Toshkentda “Turkmanistonda ishlab chiqarilgan” mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Hukumat yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosari B.Otdayev taʼkidlashicha, mazkur tadbir “Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi”ga muvofiq yuqori darajada erishilgan kelishuvlarni  amalga oshirish choralariga asosan tashkil qilinadi.

Prezident Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Turkmanistonning yaqin hamkori ekanini taʼkidlab, Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha Turkmaniston – O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi 18-majlisi hamda davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishiga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ko‘rsatma bergan.

– Shu bilan birga mahalliy mahsulotlar milliy ko‘rgazmasini tashkil etish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi, – deb yozgan Turkmaniston Davlat axborot agentligi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70308 | Инструменты