Yaponiyada internet tezligi bo'yicha yangi jahon rekordi o'rnatildi

Yaponiya Milliy Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti olimlari tijoratda mavjud bo‘lgan optik tola yordamida ma’lumotlarni uzatish tezligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu sekundiga 402 terabitni tashkil etdi - bu Buyuk Britaniyadagi o'rtacha keng polosali tezlikdan taxminan 5 million marta ko'p.

Bu tezlik bir soniyada taxminan 12500 ta filmni yuklab olish imkonini beradi. Olimlarning ta'kidlashicha, ular ilgari foydalanilmagan to'lqin uzunligi diapazonlaridan foydalanish imkonini beruvchi yangi usuldan foydalanganlar.

Jamoa rekord laboratoriya sharoitida o‘rnatilganini qayd etdi. Haqiqiy dunyoda bu potensialning bir qismini amalga oshirish uchun ko'proq tadqiqotlar talab etiladi. Biroq tadqiqotchilar kelajakda transokeanik masofalarga uzatish diapazonini kengaytira olishlariga umid bildirdi, deb yozadi The Independent.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70420 | Инструменты