Nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliqlarning to‘liq hisoblab chiqarilishi va to‘lanishini tekshirish doirasida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan yildan avvalgi 3 kalendar yildan oshmaydigan davrda (ilgari 5 yil) tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar tekshirilishi mumkin. Bu haqda Soliq qo'mitasi xabar qilmoqda.
Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, bildirishnoma yoki xabarnoma olingan kundan yoki soliq summasi soliq hisobotida ilgari berilganidan koʻra kam miqdorda aks ettirgan holda aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran 3 yildan kechiktirmay (avval 4 yil) chiqarilishi mumkin.
Ma'lumot uchun, nazorat qilinadigan bitimlar Soliq kodeksining 180 va 181-moddalarida belgilangan.
Transfert narx – o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi bitimlarda shakllanadigan va (yoki) mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitimlarda taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ob’yektiv shakllangan narxdan farq qiluvchi narx.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты