Huawei 1
Turkiyada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi ochiladi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Turkiyada Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisi Rifat Hisorchiql o‘g‘li bilan uchrashdi.

Muloqot davomida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga doir qator muhim masalalarni atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, mamlakatimiz SSPning Xalqaro savdo palatasi hamda Islom savdo va taraqqiyot palatasi faoliyatidagi ishtirokiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Asosiy eʼtibor ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va sarmoya kiritish darajasini oshirishga qaratilgan o‘zaro biznes missiyalari va qo‘shma tadbirlarni tashkil etishga qaratildi.

Bundan tashqari Turkiyada O‘zbekiston SSP ilk vakolatxonasi ochilishi mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etishi maʼqullandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты