Huawei 1
Turkmaniston va O'zbekiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 barobarga oshdi

Turkmanistonning ommabop "Turkmenportal" axborot resursida "Turkmaniston va O'zbekiston tovar ayirboshlash hajmi 5 barobarga oshdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Ma'lum qilinishicha, Ashxobod shahrida o'tkazilgan brifingda O'zbekiston elchisi Akmaljon Qo'chqorov ikki davlat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshganini qayd etgan. Uning so'zlariga ko'ra, tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 1 milliard 94 million dollarga yetgan.

Ta'kidlanishicha, O'zbekiston va Turkmaniston o'rtasidagi do'stona munosabatlar xalqlar o'rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarga asoslanadi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi tashrifi va Strategik sheriklik to'g'risidagi bitim imzolanganidan so'ng hamkorlikning yangi bosqichi boshlandi.

"Akmaljon Qo'chqorov mintaqalararo aloqalar faollashganini ham ta'kidladi, — deyiladi maqolada. — Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti etib saylanganidan keyin ham ijobiy dinamika davom etmoqda, parlament, xalq va yoshlar aloqalari kengaydi".

"Joriy yilda turli darajadagi delegatsiyalarning tashriflari kutilayotgani, bu esa mamlakatlarning nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni, balki Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi", — deb xabar beradi "Turkmenportal" axborot agentligi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122303 | Инструменты