Huawei 1
“UZBEK JEWELLERY FAIR – 2025”DA ZARGARLIK BUYUMLARI NAMOYISHI

Shu kunlarda O'zbekistonda zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari namoyishiga qaratilgan “Uzbek Jewellery Fair – 2025” xalqaro ko’rgamasi bo’lib o’tmoqda. 

Mazkur tadbir O’zbekiston zargarlik sanoati uyushmasi va “O’zMilliy bank” AJ bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ko’rgazma sohaga qaratilgan strategik ahamiyatga ega islohotlar, investitsion imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi say-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida zargalik sanoatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 

O'zbekistonda 2-bor o’tkazilayotgan ko’rgazma 100 dan ortiq mahalliy va xorijiy zargarlik korxonalarini bir joyga jamladi. Ular orasida Italiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, BAA kabi davlatlardan kelgan zargarlar ham bor. Ko’rgazmada nafaqat zargarlik buyumlari, balki zargarlikda ishlatiladigan asbob uskunalar ham namoyish etilmoqda. Tadbir doirasida mahsulotlar ko’rgazmasidan tashqari ishtirokchilar bilan biznes uchrashuvlari, muzokaralar o’tkazilmoqda.  24-may kuni ko’rgazmaning yorqin chiqishi zargarlik buyumlarining podyumdagi namoyishi bo’lib o’tdi. Unda zargarlik brendlarining eng sara mahsulotlari taqdim etildi.

2008-yildan buyon Ozarbayjonda faoliyat yuritayotgan “Baygold” kompaniyasi shu yili O’zbekistonda ham o’z korxonasini ochdi. Ko’rgazmada ular ham zargarlik mahsulotlarini namoyish etishmoqda.

O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan eng yirik zargarlik koxonalaridan biri “TillaKori” hisoblanadi. Podyum namoyishida 100 dan ortiq milliy va zamonaviy zargarlik mahsulotlari mazkur brend ostida taqdim etildi.

Bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institute va boshqa OTMlarda  zargarlik texnikasi bo’yicha darslar olib borilmoqda. Bugun ular ham darslar davomida, oraliq va yakuniy nazorat ishlarida yasagan zargarlik buyumlari bilan ko’rgazmada ishtirok etishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52800 | Инструменты