Huawei 1
Vetnam kompaniyasi bilan O'zbekistonning Kossor, Shoʻrchashma, Chuqurkoʻl uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida bitim imzolandi

17-avgust kuni Strategik islohotlar agentligida “Petrovietnam Exploration Production Corporation” vitse-prezidenti Nguyen Tiyen Bao bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, unda respublikada neft va gaz obyektlarini geologiya-qidiruv ishlari sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.

Maʼlumot o'rnida, 1977-yilda tashkil etilgan “Petrovietnam Exploration Production Corporation” Vetnam Sotsialistik Respublikasi davlat neft kompaniyasi hisoblanadi. Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Myanma, Jazoir, Iroq va Rossiya kabi mamlakatlarda loyihalari mavjud. Yillik aylanmasi – 27 milliard dollar.

Vetnamlik hamkorlar Oʻzbekistonda yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash maqsadida geologiya-qidiruv ishlariga sarmoya kiritish rejalari bilan oʻrtoqlashdi.

Yigʻilish yakunlari boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Petrovietnam Exploration Production Corporation” oʻrtasida respublikaning Kossor, Shoʻrchashma, Chuqurkoʻl uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini boshlash toʻgʻrisida bitimlar imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga