Huawei 1
Xitoy farmatsevtika kompaniyasi O'zbekistonda dorivor o'simliklar yetishtirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning "Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals" kompaniyasi bosh direktori Nin Na muzokara o'tkazdi

Unda O'zbekistonda farmatsevtika sohasida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o'zbek sheriklar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O'zbekistonda so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, xususan, sog'liqni saqlash, farmatsevtika yo'nalishida yaratilgan imkoniyatlar, mavjud sanoat hududlari haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Kompaniya delegatsiyasining O'zbekiston viloyatlarida dorivor o'simliklar yetishtirish investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o'rganish maqsadida mamlakatimizga safarini tashkil etish taklifi bildirildi.

"Guangzhou Baiyunshan Zhongyi Pharmaceuticals" kompaniyasiga 1662-yilda tashkil etilgan va u Xitoy an’anaviy dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya "Fortune-500" yirik korxonalar ro'yxatidan o'rin olgan. Uning ishlab chiqarish korxonalarida 1200 dan ortiq xodim savdo, marketing va dorivor o'simliklarni yetishtirish bilan shug'ullanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты