Farg'ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning Chengdu Shiny Technology hamda Zhiyuanhui Information Technology kompaniyalari vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘onada “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida Zhiyuanhui Information Technology kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ushbu loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.
“Aqlli transport”, “aqlli energetika tizimi”, “aqlli suv va gaz ta’minoti” va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladigan ushbu loyihaning joriy qilinishi yagona raqamli muhitni shakllantirish orqali hududlarni boshqarish samaradorligini oshiradi, bir butun holatda boshqarishga imkoniyat yaratadi. Barcha kommunal tizimlarning “aqlli texnologiyalar”ga birlashtirilishi xizmatlar sifatida yanada oshishini ta’minlaydi.
Xitoy delegatsiyasi vakillari viloyatimizdagi qator tegishli tashkilotlarda bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazadilar, ushbu uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha loyihaning texnik shartlarini ishlab chiqish va amaliy bosqichga o‘tish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42006 | Инструменты