Huawei 1
Xitoy kompaniyasi $144 mln investitsiya hisobiga Farg'onada elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etishga kirishmoqda

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Aleks Van boshchiligidagi “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Prezidentning joriy yil fevral oyidagi “Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ushbu kompaniya dastlabki baholash bo‘yicha jami 144 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga O‘zbekiston tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish loyihasini amalga oshirishga kirishmoqda.

Bugungi uchrashuvda ushbu loyihani amalga oshirish bilan tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Viloyat hokimi elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilishining viloyatda elektr taʼminotini yaxshilashdagi ahamiyatini taʼkidlab, loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etishda doimiy ko‘mak berilishini bildirdi. Belgilangan chora-tadbirlarning borishidan o‘z mamnuniyatlarini bildirgan xitoyliklar, yaqin muddatda loyihaning tamal toshini qo‘yishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar.

Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov va “Farg‘ona HETK” rahbari Azizbek Saydaliyev ham ishtirok etdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122223 | Инструменты