Huawei 1
Xitoy kompaniyasi Fargʻonada qiymati 30 mln dollarlik qishloq xoʻjaligi texnikalari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshiradi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvida viloyatda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, loyiha qiymati 30 mln dollarni tashkil etishi, birinchi bosqichda 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach, 2 000 kishi ishlashi to‘g‘risida xitoylik investorlar axborot berishdi.

Loyihani sanoat zonalariga joylashtirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, loyihani amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты