Huawei 1
Hotambek Boynazarov UAE Warriors chempioni bo‘ldi

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida MMA bo‘yicha UAE Warriors 55 turniri tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Hotambek Boynazarov yarim o‘rta vaznda UAE Warriors chempioni, ozarbayjonlik Tohir Abdullayev bilan jang qildi.

Chempionlik jangi to‘liq 5 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Hotambek Boynazarov g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vazn toifasida UAE Warriors chempioniga aylandi.

Hotambek faoliyatidagi o‘ninchi jangida o‘ninchi g‘alabasiga erishdi. Tohir Abdullayev esa yigirmanchi jangini o‘tkazib, uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102315 | Инструменты