Huawei 1
O‘zbekistonda yangi tayinlangan pensiyalar bo‘yicha maʼlumot berildi

Ayni paytda mamlakatda pensionerlar soni 4,1 million nafar bo‘lib, ularning 4 foizdan ortig‘i yaqini joriy yilda pensiyaga chiqqan.

Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida Pensiya jamg‘armasi tomonidan 225 333 nafar fuqarolarga yangi pensiyalar tayinlandi. Jamg‘arma xabariga ko‘ra, shundan 179 183 kishi yoshga doir pensiya ola boshlagan. Qolgan 32 428 nafariga nogironlik pensiyasi, 13 722 ta oilaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan.

So‘ngi maʼlumotlarga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi hisobida turgan pensionerlar soni 4,1 million nafardan ortgan. Ularning 3,2 million nafari (79 foiz) o‘z pensiyalarini naqd pulsiz shaklda oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102315 | Инструменты