Xitoyning “Taitong International” kompaniyasi Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu vazir o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning kompaniya rahbari Chu Syuan o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, “Taitong International” kompaniyasi transport logistika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor.
Avvalroq Xitoy Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida nafaqat transport logistikasi, tovarlar yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi logistika markazlarini yaratishi haqida xabar berilgandi.
Xitoy tomoni “O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish, shuningdek, konteyner tashishni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi joriy yilda boshlanishi ma’lum qilingan.
Ibrohimov taʼkidlaganidek, uning ishga tushirilishi Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro bozorlarga yangi, eng qisqa va eng qulay yoʻlning paydo boʻlishini anglatadi.
Buning sharofati bilan butun mintaqa Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim markazga aylanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72505 | Инструменты