2023-yil yanvar oyida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 10 989 ta murojaatkelib tushgan.
Shundan:
- 10 204 tasi xarid cheki bermaslik;
- 394 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 15 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 376 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlar asosida 4 808 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari materiallari koʻrib chiqilgan 3 302 ta tadbirkorlik subyektiga 17,9 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanilib, 1 998 tasidan 10 mlrd soʻm undirildi.
Natijada, 3 309 holat boʻyicha xabar bergan fuqarolarga (undirilgan jarima summasidan 20%) 1,6 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.
Murojaatlarning 3 493 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli qaytarilgan.
Hududlar kesimida o'tkazilgan tekshiruvlar soni va qo'llanilgan jarima summalari quyida:
Qoraqalpog'istonda tekshiruvlar soni 6 ta, jarima - 23 mln so'm;
Xorazmda tekshiruvlar soni 72 ta, jarima - 302 mln so'm;
Buxoroda tekshiruvlar soni 145 ta, jarima - 647 mln so'm;
Navoiyda tekshiruvlar soni 292 ta, jarima - 1 591 mln so'm;
Qashqadaryoda tekshiruvlar soni 255 ta, jarima - 1 257 mln so'm;
Surxondaryoda tekshiruvlar soni 278 ta, jarima - 1 226 mln so'm;
Samarqandda tekshiruvlar soni 443 ta, jarima - 1 966 mln so'm;
Jizzaxda tekshiruvlar soni 37 ta, jarima - 178 mln so'm;
Sirdaryoda tekshiruvlar soni 102 ta, jarima - 423 mln so'm;
Toshkentda tekshiruvlar soni 980 ta, jarima - 6 715 mln so'm;
Toshkent viloyatida tekshiruvlar soni 182 ta, jarima - 940 mln so'm;
Andijonda tekshiruvlar soni 240 ta, jarima - 1 158 mln so'm;
Namanganda tekshiruvlar soni 147 ta, jarima - 750 mln so'm;
Farg'onada tekshiruvlar soni 123 ta, jarima - 818 mln so'm;
Eslatib o'tamiz, 2023-yilning ikkinchi oyida O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan yuridik shaxslar soni 571 mingtaga yetdi, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 233 mingdan oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13113 | Инструменты