Huawei 1
Yekaterinburgda O'zbekiston va Rossiya hududlari tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum o'tkaziladi

O'zbekiston bosh konsuli Jaxongir Parmanov Ural savdo-sanoat palatasi prezidenti Andrey Besedin bilan uchrashdi

Unda O'zbekiston hududlari va Sverdlovsk viloyati o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh konsul O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat yo'nalishlaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari haqida so'zlab berdi.

O'zbekiston va Rossiya hududlararo hamkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida Yekaterinburg shahri va mamlakatimiz viloyatlaridagi yirik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum va ular o'rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni sentyabr oyida o'tkazish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Bo'lajak biznes-forumga respublikamizda ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan yirik tadbirkorlar taklif qilinadi hamda o'zbek milliy mahsulotlarining ko'rgazmasi tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты