Xalqaro ekspert, "O‘zbekiston ekologik qurilish bo‘yicha kengashi" NNT rahbari Temur Ahmedov tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha savollarga javob beradi.
Yozgi energetik tanqislikning oldini olish uchun qanday tezkor choralar yordam beradi?
Birinchidan, energetik tanqislik bilan bog‘liq muammolarga tez yechim topish uchun tijorat, davlat obyektlari va yirik binolarga yirik quyosh panellarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Bunda qator afzalliklar mavjud:
• Bunday loyihalar xususiy uylarda individual loyihalarga nisbatan tezroq bajariladi.
• O‘rnatish va montaj ham xususiy uylarda nisbatan tezroq amalga oshadi.
• Katta tizimlar uchun asbob-uskunalar narxining kilovatt quvvat bo'yicha arzonроqligi tufayli ishlab chiqarilgan elektr energiyasi xususiy uylardan arzonroq tushadi.
• Tizimni o'rnatish va ishlatish uchun mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati.
• Qisqa vaqt ichida yirik iste'molchilarning energiya bo`lgan ehtiyojini qondirish imkoniyati: savdo markazlari, vokzallar, mehmonxonalar, biznes markazlari.
Ekspertning so'zlariga ko'ra, ish hozirdan boshlansa, yozga, energiya iste'molining yangi cho'qqisiga kelib, qo'shimcha quvvatlarning yetarli zaxirasini yaratish mumkin bo'ladi.
Qolaversa, yaqinda e’lon qilingan 1 kilovatt/soat energiya sotib olish tarifi 1000 so‘m bo‘lishi haqidagi ma’lumot xususiy investorlarni jalb qiladi va bu tizimlarni o‘rnatish uchun davlat mablag‘ sarflamaydi. Uskunalar sifati, o‘rnatilishi, panellar mahsuldorligi, ishlab chiqaruvchilar va montajchilarning kafolatlari uchun qat'iy talablarni belgilash orqali davlat qisqa vaqt ichida quyosh tizimlarini o'rnatish uchun yaxshi nufuzli va professional tajribaga ega kompaniyalarni jalb qilishi mumkin.
"Ikkinchidan, binolar va inshootlarning energiya samaradorligi bo'yicha mutaxassis sifatida ishonch bilan aytaman: o'rta hisobda binolarda energiya yo'qotishlari turli sabablarga ko'ra 20% -30% ga yetadi, masalan, issiq havo chiqib ketadigan teshiklar va yoriqlar, bir qatlamli oynalar, ochiq eshiklar, ish vaqtidan tashqari paytda o‘chirilmagan yoritish moslamalari, ofis texnikasi, uskunalar. Yozda huddi shu teshik va yoriqlardan, deraza va eshiklardan sovitilgan havo chiqib ketadi; binolarning isib ketishi soya beradigan daraxtlarning yetishmasligi bilan ham bog'liq - katta daraxtlar kesilgan, yaqinda ekilgan yosh nihollar esa yana ko'p yillar davomida soya bermaydi. Yozda beton va asfalt qizishi natijasida shaharda havo harorati kamida 5 daraja yuqori bo'ladi, bu esa konditsionerlarning qo'shimcha faollashishiga olib keladi", - deydi u.
Ta'kidlanishicha, devor orqali issiqlik/sovuqni yo'qotishni bartaraf etish uchun dastur uylarni issiqlikdan himoya qiluvchi panellar bilan qoplashga qaratilgan. Sohadagi qariyb 20 yillik tajribamga asosan va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi menga yaqindan tanish bo‘lgan shaharlar misolida men o‘rta qavatli binolarni issiqlikdan himoyalovchi panellar bilan qoplashni ustuvor vazifadir.
Bunday yo‘qotishlarni bartaraf etish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlar iste’mol qilinadigan elektr energiyasini 10 foizgacha gacha tejash imkonini beradi, bu esa Toshkent miqyosida ulkan qiymatdir.
Ya'ni, quyosh panellarini o'rnatish va ulash etarli emasmi?
Men doimo tizimli kompleks chora-tadbirlar tarafdoriman. Bir martalik tashabbuslar bilan emas, balki energiya ishlab chiqarish va ob'yektlarning energiya samaradorligini tizimli va bir vaqtning o'zida har tomonlama rivojlantirish orqali energiya ishlab chiqarish yoki uylarni plitalar bilan izolyatsiya qilishga harakat qilish kerak. Agar quyosh energiyasini ishlab chiqarish yordamida biz mavjud quvvatni 10 foizga oshirsak va energiya tejash hisobiga 10 foizga tejab qolsak, jami 20 foiz natija olamiz - bu mumkin bo'lgan inqirozlar uchun ajoyib bufer bo'ladi.
Hozir ko'plab yangi binolarda hech kim yashamaydi yoki ular qurilish bosqichida. Aholi ularga ko'chib kirganda, do'konlar va restoranlar ochilib, odamlar ofislarda ishlay boshlasa, mahalliy iste'mol o'sishi kuzatiladi. Shu bois taklif etilayotgan chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi: yangi binolarni quyosh batareyalari bilan jihozlash (tarmoqdagi yukni kamaytirish uchun) va yo'qotishlarni kamaytirish orqali ularning energiya samaradorligini oshirish.
Hozir xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha energiyani umumiy tarmoqqa qaytarish haqida ko‘p gapirilmoqda, bu qanchalik dolzarb?
Eskpertning ta'kidlashicha, yuz minglab kichik quyosh tizimlari elektr energiyasini tarmoqqa uzluksiz yuborishi uchun u "aqlliroq" bo'lishi kerak. “Aqlli tarmoq” (smart grid) yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan katta ma’lumotlar (big data) - real vaqt rejimida obyektiv ma’lumotlar bilan ishlaydi, ularning ishi malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etiladi va kuzatiladi. Minglab barobar murakkablashadigan samarali boshqaruvsiz tizimning to'g'ri ishlashi mumkin emas. Agar biz eng yuqori talabni kamaytirishga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unda yirik qurilmalar (0,5 MVt - 20 MVt) yordamida bu ko‘rsatkichni 20-30 foizga kamaytirish mumkin. Milliy miqyosda bu 2-3 Gigavatt bo'ladi, bu iste'molning yozgi va qishki cho'qqilariga qarshi zaxira yaratish uchun etarli.
Endi ortiqchasini tarmoqqa qaytarishga harakat qilishning hojati yo'q. Tarmoqqa nazoratsiz tushirilgan yuklamani kamaytirish orqali yordam berish kerak. Shunda tizim operatorlari o'zlarining elektr stantsiyalarida energiya ishlab chiqarishni tartibga solishlari mumkin bo'ladi. Ular uchun zaxira mavjud bo'lganda megavatt quvvatni qo'shish yoki pasaytirish osonroq, o‘zlarining yirik elektr stantsiyalarini boshqarish yuz minglab kichik zavodlargni boshqarishga qaraganda osonroq.
Davlat bozorni va xususiy investitsiyalarni rag'batlantirish uchun o'z resurslaridan strategik foydalanishi mumkin va tizimlarni o'zi yaratishi shart emas. Misol uchun, davlat tizimlar ulanishi va ushbu biznesning iste'moli kutilgan foizga pasayganligini tasdiqlaganidan keyin xarajatlarning 20-30 foizini qoplashi mumkin.
Stimulyatsiya tizimning quvvat o'lchovlari bilan emas, balki haqiqiy iste'mol ma'lumotlari bilan bog'liq bo'lishi kerak. Ba'zi tizimlar o'rnatilgan, lekin ulanmagan - bu allaqachon ro‘y bergan faktlar va sohadagilar buni tasdiqlaydi. Yirik tijorat stantsiyalari uchun (0,5 - 20 MVt) esa tarif imtiyozlari kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50710 | Инструменты