“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 iyuldan yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqichda faoliyatni boshlash uchun o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari o‘rnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi;
- 2-bosqichda taʼlim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladigan taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi. Bunda:
- maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan taʼlim dasturlari bo‘yicha taʼlim oluvchilarni o‘qishga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;
- maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tmasdan qabul jarayonini amalga oshirish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi va taʼlim tashkilotiga berilgan litsenziyaning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50702 | Инструменты