Huawei 1
Sirtqi taʼlim shakliga qabul tugatiladi

“Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi.

Shuningdek, 2025/2026 o‘quv yilidan:

- oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

- magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;

- oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi;

- muqobil taʼlim shakllariga talabalarni belgilangan meʼyordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi. 

Shuningdek, har bir taʼlim tashkiloti tarkibida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati bo‘limlari tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50701 | Инструменты