Huawei 1
YUNESKO Oʻzbekistonda savodxonlik darajasi 99,99 foizga yetganini maʼlum qildi

Bu bo'yicha tashkilot saytida O'zbekistondagi ta'lim sohasidagi ishlar tahlil qilingan

Unda qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining soni 4 baravarga oshgan.

Aholi sonining tez surʼatlarda oʻsishiga qaramay maktabgacha taʼlimni qamrab olinish darajasi 2017-yildagi 24 foizdan 2021-yilda 62 foizgacha oshgan. Bunda xususiy sektorning jalb qilinishi muhim omillardan biri boʻlgan. 

YUNESKO tavsiyalari asosida Oʻzbekiston hukumati oxirgi 3 yilda oliy taʼlim muassasalari sonini ikki baravarga oshirish boʻyicha amaliy qadamlar tashlagan. 2021-yilda oliy taʼlimga qamrab olinish koʻrsatkichi uch baravar – 28% gacha ortgan. Shuningdek, bu raqamni 2030-yilgacha 60% gacha oshirish rejalashtirilgani aytilgan.

Bundan tashqari, YUNESKO O'zbekiston va uning ta'lim sohasidagi islohotlarni qo'llab-quvvatlashga o'z hissasini qo'shib kelayotgani ta'kidlangan. 

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev va YUNESKO Bosh direktori Odri Azulay o'rtasida bo'lib o'tgan so'nggi muzokaralar davomida tomonlar kelgusi yillarda O'zbekistonda ta'limni rivojlantirish bo'yicha 2022 yilning kuzida Toshkentda YUNESKOning ta'lim sohasidagi muhim voqeasi - erta yoshdagi ta'lim masalasi  bo'yicha Butunjahon konferentsiyasi (Global forum) o'tkazilishi ekanligi ma'lum qilingan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31219 | Инструменты