2023-yil yanvar-iyun oylarida O'zRVBda savdolar umumiy hajmi 495,41 trln so‘mni tashkil etdi

2023-yilning 1-yarim yilligi davomida O'zRVB faol rivojlanishda, O'zbekiston moliya sektoridagi rolini mustahkamlashda va bozorlarining shaffofligi va samaradorligini ta'minlashda davom etdi.

Natijada, O'zRVBda savdolar hajmi sezilarli darajada oshib, bozor ishtirokchilari faolligi barqaror o'sishi kuzatildi, bu esa, birjaga bo'lgan ishonch va uning mavqei yanada mustahkamlanishidan dalolat beradi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida O'zRVBda savdolar umumiy hajmi 495,41 trln so‘mni tashkil etdi va bu o'tgan yilgi ko'rsatkichdan deyarli 64 foiz % ko‘pdir.

Savdolar umumiy hajmidagi bozorlarning ulushi quyidagicha bo‘ldi:

- 44,27 foiz valyuta bozoriga;

- 47,95 foiz  - pul bozoriga;

- 7,78 foiz - qarz bozoriga to‘g‘ri keldi.

Yarim yil davomida O‘zRVB xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni rivojlantirish yo‘nalishida faol ishlar olib bordi. Kelgusida bu O'zRVB bozorlariga xorijiy investitsiyalarning katta oqimi kirib kelishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты