O‘tgan hafta davomida, yaʼni 5 – 11 avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 647,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,1% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 81,0% birja savdolariga, qolgan 19,0% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 144,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Bug‘doy
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 148 889,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 29,8 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 539,1 ming so‘mdan 2 483,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 68 ta xaridor ishtirok etdi.
Texnik chigit
Birja savdolarida 4 976,0 tonna texnik chigit sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 5 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 995,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigitning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 406,7 ming so‘mdan 3 465,5 ming so‘mgacha pasaydi.
Suyultirilgan gaz
O‘tgan haftada birja savdolariga 5 625,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 425,0 tonnasi, yaʼni 96,4% qismi sotildi. Suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 085,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 8 021,0 ming so‘mdan 7 931,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 246 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты