Bugun, soat 15:00da 1-tur bahslariga start beriladi, 28-sentyabr kunlarigacha 11 tur o'tkaziladi.
Samarqand shahrida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, soat 15:00da 1-tur bahslariga start beriladi, 28-sentyabr kunlarigacha 11 tur o'tkaziladi.
E’tiborlisi, olimpiada tarixida ilk bor 397 ta jamoa va 1970 nafar yetakchi shaxmatchilar ishtirok etadi. Har bir jamoa tarkibi 4 ta asosiy va 1 ta zaxira shaxmatchidan iborat.
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 1-tur raqiblari ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, 1-tarkib erkaklar jamoasi Yamayka bilan, O‘zbekiston-2 Afg‘oniston bilan, O‘zbekiston-3 Mali bilan matchi g‘olibligi uchun bahs olib boradi.
Shuningdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasining 1-tarkibi Trinidad va Tobago bilan, O‘zbekiston-2 Togo bilan, O‘zbekiston-3 Tanzaniya bilan match g‘olibligi uchun o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun: Erkaklar guruhida jami 207 ta, ayollarda 190 ta jamoa g‘oliblik uchun dona suradi.
Shuningdek, hududlarda shahmat ihlosmandlari va muhlislar uchun “Fan-zonalari” tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91613 | Инструменты