O‘tgan hafta davomida, yaʼni 1-7-iyul kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 670,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 7,9% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 70,2% birja savdolariga, qolgan 29,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 875,4 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Suyultirilgan gaz
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 7 088,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 7 084,0 tonnasi, yaʼni 99,9% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 304 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 023,8 ming so‘mdan 5 918,6 ming so‘mgacha pasaygan.
Sheluxa
Hafta davomida birja savdolariga 6 706,0 tonna paxta chigiti sheluxasi qo‘yildi va uning 1 830,0 tonnasi, yaʼni 27,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 362,4 ming so‘mdan 3 245,3 ming so‘mgacha pasaydi. Sheluxaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 366,0 tonnani tashkil qildi.
Ammiakli selitra
Birja savdolari orqali 24 075,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 4 815,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 368 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 815,4 ming so‘mdan 2 747,3 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42210 | Инструменты