2022-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida o‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra birjaning avtomobil benzini bozorida barqaror holat kuzatildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, AI-80 markali benzinning birjada shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 8 140,4 ming so‘mdan 6 982,5 ming so‘mgacha, ya’ni 14 foizga pasaydi.
Shuningdek, birja savdolari orqali 4 000 tonna AI-80 markali avtomobil benzini sotilgan.
Litrga o‘tkazilgan AI-80 markali benzinning birjada shakllangan narxi mahsulotning bir litri uchun o‘rtacha 5 262,0 so‘mni tashkil qilgan.
Avvalroq, narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta AYoQShga benzin yetkazib berish to‘xtatilgani haqida xabar qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122618 | Инструменты