Energetika vazirligi huzuridagi “Neftgazinspeksiya”ning maʼlum qilishicha, O‘zbekistondagi 2000dan ziyod benzin AYoQShlarga kuniga o‘rtacha 3200 tonna benzin o‘rniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
Shu bilan birga, inspeksiya bayonotida "gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmasligi" aytilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, olib borilgan o‘rganishlarda 299 ta AYoQShlarda narxni asossiz oshirganligi, mahsulot sifatini buzganligi sababli ularga avtobenzin yetkazib berish to‘xtatilgan.
Bundan tashqari 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlangan.
«Isteʼmolchilar kunlik extiyojidan 3-4 barobar oshiqcha avtobenzin sotib olayotganligi sababli zapravkalarda ham maʼlum vaqt tirbandlik yuzaga kelmoqda. Kamchilikka yo‘l qo‘ygan tadbirkorlarni qatʼiy ogohlantiryapmiz hamda fuqarolardan xavotirga tushmaslikni so‘raymiz», — deyiladi inspeksiya bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты