O‘tgan hafta davomida, yaʼni 27-yanvar – 2-fevral kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 30 447 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 12,2% ga kamdir. Ularning 39,2% birja savdolariga, qolgan 60,8% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 104,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 078 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 11 923 ta bitim tuzildi.
Sement
Birja savdolari orqali 153 610,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 30,7 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 506,5 ming so‘mdan 486,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 55 ta xaridor ishtirok etdi.
Un
Birja savdolariga 45 725,0 tonna un qo‘yildi va uning 10 207,0 tonnasi, yaʼni 22,3% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 67 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 668,8 ming so‘mdan 3 632,4 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 2 041,0 tonnani tashkil qildi.
Ammoniy sulfat
O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 7 766,0 tonna ammoniy sulfat sotildi. Ammoniy sulfatning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 553,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammoniy sulfat bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 108,0 ming so‘mdan 2 058,2 ming so‘mgacha pasaydi. Birja savdolarida har kuni o‘rtacha 108 nafar xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20423 | Инструменты